KO‘MIR KONLARINI OCHIQ USULDA QAZIB OLISHDA GIDROZABOYKADAN FOYDALANIB PORTLATISH ISHLARI SIFATINI OSHIRISHNI ASOSLASH

Main Article Content

X.H. Normamatov
N.U. Tolipov

Abstract

Energiya bilan ta’minlanish muammosi doim insoniyatning nazarida bo‘lib, har bir tarixiy davrda o‘ziga xos masalari namoyon bo‘lib kelgan. Ko‘mir, neft, tabiiy gaz va boshqa energiya manbalaridan foydalanish nisbatlari yillar davomida o‘zgarib keldi. Hozirgi vaqtda jahon energobalansidagi ko‘mir va neftning ulushi deyarli tenglashib qolgan. Kelajakda qattiq yoqilg‘i (ko‘mir, yonuvchi slaneslar, torf) konlarini qazib chiqarishni ko‘paytirib borish ko‘zda tutilmoqda.


Shuni e’tiborga olgan holda ko‘mir konlarini qazib olishda har bir qazib olish jarayonini samaradorligini ta’millash zarur. Taklif qilinayotgan usul portlatish jarayonini samaradorligi yanada oshirishga qaratilgan. Bu usul yakka va juft gidroampulalardan foydalanib skvajinani gidrozaboykalashga qaratiladi.

Article Details

Section
Articles