SOVET ITTIFOQI TARKIBIDAGI O’ZBEKISTON IQTISODIYOTIGA NAZAR
Main Article Content
Abstract
Ushbu maqolada O’zbekistonning 20-80 yillaridagi iqtisodiy ahvoli xususida so’z boradi. Sovet Ittifoqi tarkibida bo’lgan mamlakat iqtisodiyoti va xalq xo’jaligi bir tomonlama rivojlantirilgan. Asosiy e’tibor paxta va paxtani qayta ishlash sanoati bilan bog’liq bo’lgan sohalarning ravnaqiga qaratildi. Og’ir sanoat tarmoqlari ham paxtachilik majmuasiga xizmat qiladigan sanoatga aylantirildi. Shuningdek oziq-ovqat, yoqilg’i, metallurgiya, mashinasozlik, kimyo, yengil sanoat tarmoqlari ham birmuncha rivojlangan.
Moddiy texnika vositalarining barchasi urush ehtiyojlarini qondirishga safarbar qilindi. Og’ir sanoat tarmoqlari esa o’q-dori, qurol-yarog’lar ishlab chiqarishga moslashtirildi. Mehnat qilish qobiliyatiga ega bo’lgan barcha erkaklar esa frontga safarbar etilganligi urushdan keyingi davrlarda ham O’zbekistonning iqtisodiyoti birmuncha rivojlanganligi, shunday bo’lsa-da, u Sobiq Ittifoqning asosan xomashyo yetkazib beruvchi o’lkasi bo’lib qolaverganligi borasida so’z yuritilgan.