“HAYRAT UL ABROR” ASARIDA QO‘LLANGAN HARAKAT VA HOLAT FE’LLARI VA ULARNING SEMANTIK GURUHLARI
Main Article Content
Abstract
Ushbu maqolada Alisher Navoiyning durdona asari hisoblangan «Hayrat ul-abror» dostonida qo‘llangan eski o‘zbek tiliga xos harakat va holat fe’llari xususida fikrlar bayon etilgan. Bundan tashqari, maqolada eski o‘zbek leksikasining fe’l so‘z turkumi doirasi yetarlicha tadqiq etilgan. Fe’llarni qo‘llash davomida ularning sinonimlari va o‘xshash tasviriy ifodalari bilan o‘rin almashinib qo‘llanganligi aniqlandi. Eski o‘zbek tiliga xos harakat-holat bildiruvchi leksemalarning mahurat bilan qo‘llanganligi aniq ko‘rsatib berildi. Bu esa buyuk mutafakkir bobomiz, Mir Alisher Navoiyning naqadar cheksiz istedod egasi ekanligi yana bir bor o‘z tasdig‘ini topdi.
Article Details
Section
Articles