YOSHLAR MA’NAVIYATINI SHAKLLANTIRISHDA MILLIY CHOLG‘U IJROCHILIGINING PEDAGOGIK- PSIXOLOGIK TAHLILI.
Main Article Content
Abstract
Ushbu maqolada musiqa mashg‘uloti o‘qituvchisiga qo‘yilgan pedagogik talablar tahlil qilingan. Shuningdek, yangi O‘zbekistonni yanada gullab-yashnashi uchun yuksak ma’naviyatli yetuk kadrlar yetishtirishda musiqaning ahamiyati beqiyos ekanligi yoritiladi. Shu bilan birga musiqa bilan shug‘ullanish yosh avlodni ko‘p jihatdan tarbiyalaydi, serqirra ijodkor bo‘lib shakllanishi uchun yordam beradi. Aqlan yetuk jismonan va ruhan sog‘lom bo‘lib ulg‘ayishida katta ahamiyat kasb etadi. Maqolada musiqa - idrok etish, yodda saqlash, his qilish, his-tuyg‘ularni boshqarish, o‘rganish va o‘rgatish kabi juda ko‘p aqliy faoliyatlarni o`z ichiga qamrab olganligi bilan ajralib turishi yoritib beriladi. Aynan ana shu aqliy faoliyatlar o‘quvchi yoshlarni yuksak ma’naviyatli yoshlar bo‘lib yetishishi uchun asosiy tamal bo‘lib xizmat qiladi.