“YANGILANAYOTGAN O‘ZBEKISTON: MILLIY TIKLANISHDAN MILLIY YUKSALISH SARI“
Main Article Content
Abstract
O‘tgan tarixiy davrda mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlash, iqtisodiyotimizni rivojlantirish, fan va ta’lim, madaniyat, ijtimoiy hayotimizni yuksaltirish, turmush sharoitimizni yaxshilash kabi ko‘plab yo‘nalishlarda tub islohatlarda amalga oshirildi. Bularning barchasi jonajon yurtimiz qiyofasiga joziba va mazmun baxsh etmoqda. Mamlakatimizni 2017 – 2021 yillarda rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Xarakat strategiyasi doirasida o‘tgan davr mobaynida davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarini tubdan isloh qilishga qaratilgan 300 ga yaqin qonun, 4 mingdan ziyod O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari qabul qilindi. O‘zbekiston yangicha munosabatlar yo‘liga kirdi. U bugun o‘zgarmoqda, yangilanish jarayonini boshdan kechirmoqda. Mamlakat miqiyosidagi siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy muvoffaqiyatlar xalqaro miqiyosida ham e’tirof etilmoqda. Eng muhimi, xalqimiz bu o‘zgarishlarga guvoh bo‘lib, qo‘llab-quvvatlanmoqda, istilohotlarga ishtirok etayapti. Shu tariqa ko‘z oldimizda “Yangi O‘zbekiston” barpo bo‘lmoqda.