MATEMATIKA TENGLAMALARINI MODELLASHTIRISH ASOSIDA O’QUVCHILAR TASAVVURIDA MATEMATIK TUSHUNCHALARNI RIVOJLANTIRISH
Main Article Content
Abstract
Bugungi kunda mamlakatimizda barcha sohalarda keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, Maktab ta’lim sohasida tub o‘zgarishlar amalga oshirilib, Maktab yoshdagi bolalarning ta’lim-tarbiya olishi masalasi davlat darajasidagi dolzarb masalaga aylandi. Bu borada Prezidentimiz Sh.M. Mirziyoyev tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan ishlar, qabul qilinayotgan farmon va qarorlar dasturul amal bo‘lmoqda. Maktab ta’lim vazirligining tashkil etilishi, Prezidentimiz tomonidan “2017-2021-yillarda Maktab ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2707-sonli Qaror, O’zbekiston Respublikasi “Maktab ta’lim va tarbiya to’g’risida”gi qonuni, Maktab ta’lim tizimi boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori, maktab ta’lim tizimida ta’lim sifati va samaradorligini oshirishda alohida ahamiyat kasb etmoqda. Ma’lumki, Maktab yoshdagi bolalarga ta’lim-tarbiya berishning asosiy vazifalari bolalarni jismoniy, aqliy va ma’naviy jihatdan rivojlantirish, ularning tug‘ma layoqati, qiziqishi, ehtiyoji va imkoniyatlarini hisobga olgan holda milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalashdan iborat. Maktab ta’lim yoshidagi bolalarga ta’lim berish jarayonini takomillashtirishda bo‘lajak pedagoglarning ilmiy va uslubiy ta’minlanganligi, ularning kasbiy tayyorgarligi asosiy masalalardan sanaladi. Ayniqsa, bolalarda matematik tasavvur va bilimlarni rivojlantirish ularning intellektual jihatdan yetuk insonlar bo‘lib ulg‘ayishida o‘ziga xos o‘ringa ega. Matematik bilimlar bolalarga, ular nimani bilib olganliklari va nimaning uddasidan chiqa olishlarini hisobga olgan holda, aniq tizim va ketma-ketlikda beriladi.