AVTOMOBIL KO‘PRIKLARINING DEFORMATSIYALARINI ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA KUZATISH
Main Article Content
Abstract
Deformatsiyani kuzatish, inshoot qurilishi boshlangan vaqtdan, to undan foydalanishning birinchi yillarigacha davom ettiriladi. Bunda kuzatish bosqichlari bir oraliqlarda olib borilishiga xarakat qilinadi. Bino va inshootlar poydevorlari va konstruksiyalarining siljishi va cho‘kishini geodezik kuzatish maxsus texnikaviy vazifaga binoan bajariladi. Poydevor va binolar deformatsiyasini kuzatish natijalari, bino va inshootlarning qanchalik mustahkamligini aniqlashga, hamda cho‘kish sodir bo‘lishini oldini olishga imkon beradi. Poydevorlar deformatsiyasi unga tabiiy va texnogen faktorlar ta’siri natijasida yuzaga keladi. Poydevor va binolar deformatsiyasini kuzatish natijalari, bino va inshootlarning qanchalik mustahkamligini aniqlashga, hamda cho‘kish sodir bo‘lishini oldini olishga imkon beradi.