ANOR – (PUNIKA GRANATUM L) O‘SIMLIGINING SHIFOBAXSH XUSUSIYATLARI VA TARQALISHI
Main Article Content
Abstract
Anor issiqsevar subtropik o‘simliklardan bo‘lib, qadimdan yovvoyi xolda Eron, Afg‘oniston, Turkiya, Kavkaz va O‘rta Osiyo respublikalarining tog‘li xududlarida turli sharoitlarda uchjraydi.Anor o‘simligianorgullilar oilasiga mansub. U buta tariqasida rivojlanib, juda serhosil, ko‘p tanali bo‘ladi. Bo‘yi 3-4 metrgacha ko‘tariladi. Uzoq yillar umr ko‘radi. Barglari mayda, tuzilishi oddiy, rangi yashil, formasi lansetsimon, tuxumsimon bo‘ladi. Anorning barglari qishda to‘kiladi, tana novdalaridagi kurtaklari esa uyquga ketadi. Kurtaklari ko‘klamda yana ko‘karib, anor tanasida barg, yangi novda va gullar hosil qiladi. Anorning onalik va otalik gullari bo‘lib, onalik guli qumg‘on shaklida rivojlanadi va to‘kilmaydi. Otalik gullari esa qo‘ng‘iroq shaklida bo‘lib ochiladi va to‘kiladi.