MORFOLOGIYA BO‘LIMIDA OT SO‘Z TURKUMINING O‘RNI VA AHAMIYATI (FRANSUZ VA O‘ZBEK TILLARI MISOLIDA)
Keywords:
Morfologik tuzilmaAbstract
Ushbu maqolada otlarning til tizimidagi o‘rni va ahamiyati tahlil qilinadi. Otlar tilda asosiy so‘z turkumlaridan biri bo‘lib, ular narsa, shaxs, joy, hodisa va tushunchalarning nomini ifodalaydi. Maqolada otlarning grammatik, semantik, va kommunikativ tizimdagi roliga e'tibor qaratiladi. Shuningdek, otlarning morfologik shakllari, qo‘shimchalar yordamida shakllanishi, grammatik kategoriyalarni ifodalashi va jumlada o‘z o‘rnini ko‘rsatishdagi ahamiyati yoritiladi. Otlarning tildagi o‘rni, ular tilning asosiy leksik va grammatik birligi sifatida ma'lum bir madaniyatni, fikrni va dunyoqarashni ifodalashda o‘ziga xos o‘rin tutadi.