KADRLAR BOSHQARUVI XUSUSIY OTMLARDA: XUSUSIYATLARI, YONDASHUVLARI VA MUAMMOLARI
Keywords:
kadrlar boshqaruviAbstract
Mazkur maqolada xususiy oliy ta'lim muassasalarida kadrlar boshqaruvining xususiyatlari, asosiy vazifalari va zamonaviy yondashuvlari batafsil ko‘rib chiqilgan. Xususiy OTMlarda kadrlar boshqaruvi moliyaviy mustaqillik, raqobat muhiti va moslashuvchan boshqaruv tizimi kabi omillar bilan bog‘liq bo‘lib, ta'lim sifatini oshirish, yuqori malakali kadrlarni jalb qilish va ularni uzoq muddat davomida saqlab qolishga qaratilgan. Maqolada o'qituvchilarni tanlash, moslashtirish, motivatsiya qilish va ularning ish samaradorligini baholash kabi masalalar yoritilgan. Shuningdek, raqamlashtirish, gibrid ish shakllari va iste'dodlarni boshqarish kabi zamonaviy tendensiyalar tahlil qilinib, kadrlar almashinuvi va cheklangan resurslar kabi muammolar muhokama qilingan. Maqola xususiy OTMlar uchun inson kapitalini samarali boshqarish va ta’lim bozorida raqobatbardosh bo‘lish uchun kadrlar siyosatining strategik ahamiyatini ta’kidlaydi.