MOLIYA BOZORINI TAHLIL QILISHDA SUN'IY INTELLEKTDAN SAMARALI FOYDALANISH

Authors

  • Jumayev Bahodir Raxmatullayevich Osiyo Xalqaro Universiteti o’qituvchisi

Keywords:

Raqamli iqtisodiyot, aktiv, investitsiya

Abstract

Ushbu maqola investitsiya qarorlarini qabul qilish jarayonida sun'iy intellektdan foydalanish bilan bog'liq imkoniyatlar va muammolarni o'rganadi. Sun'iy intellekt texnologiyalarining rivojlanishi katta ma'lumotlarni tahlil qilish va bozor tendentsiyalarini prognoz qilish uchun noyob vositalarni taqdim etadi, bu esa investitsiya strategiyalarining samaradorligi va aniqligini oshiradi. Tahlillar shuni ko'rsatdiki, bugungi kunda moliyaviy sektorda sun'iy intellekt asosan investitsiya, kredit skoring, bozorni o'rganish va mijozlarni qo'llab-quvvatlash kabi sohalarda qo'llanilmoqda. Shuningdek, maqolada moliyaviy sektorda sun'iy intellektning muvaffaqiyatli integratsiyasi uchun hisobga olinishi kerak bo'lgan ma'lumotlar ishonchliligi, axloqiy muammolar va kiberxavfsizlik kabi asosiy muammolarni muhokama qiladi.

Downloads

Published

2024-12-19