HOZIRGI FORS TILIDA SUFFIKSAL ALLOMORFLAR YORDAMIDA YASALGAN HOLAT VA TARZ RAVISHLARI TAHLILI
Keywords:
allomorfAbstract
Ushbu maqolada hozirgi fors tilida suffiksal allomorflar orqali yasalgan holat va tarz ravishlarining shakllanish xususiyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda Muhammad Mirkiyoniyning “γessehā-ye šab-e čelle” (Chilla kechasi qissalari) asari lingvistik jihatdan tahlil markaziga olinib, undagi suffiksal ravishlar fonologik va morfologik mezonlar asosida o‘rganiladi. Ravish yasovchi qo‘shimchalarning allomorfik variantlari, ularning o‘zaro o‘rinliligi, semantik yuklamalari va uslubiy vazifalari batafsil tahlil etiladi. Maqola fors tilidagi allomorf hodisasining amaliy ko‘rinishlarini ko‘rsatib, ularning grammatik funksiyasi va stilistik rolini aniqlashtirishga qaratilgan. Natijada, allomorflarning fors tilidagi morfologik tizimdagi o‘rni va ahamiyati ilmiy asoslangan misollar orqali yoritiladi.










