BAG‘DOD TUMAN POLITEXNIKUMIDA “USTOZ–SHOGIRD” MAKTABI FAOLIYATINING MONITORINGINI ISHLAB CHIQISH
Keywords:
ustoz–shogird maktabi, monitoring tizimi, kasb-hunar ta’limi, reyting baholashAbstract
Ushbu maqola Farg‘ona viloyati Bag‘dod tumanidagi 2-son kasb-hunar maktabida (Bag‘dod tuman politexnikumi) “ustoz–shogird” maktabi faoliyatini tizimli monitoring qilish mexanizmini ishlab chiqish va uni amaliyotda sinovdan o‘tkazish jarayonini o‘rganadi. Maqolada monitoring tizimi uch asosiy blok – ustoz faoliyati, shogird rivojlanishi va o‘zaro hamkorlik sifati – bo‘yicha baholash mezonlariga asoslangan reyting tizimi asosida shakllantirilgani tahlil qilinadi. Tadqiqotda tizimni joriy etishdagi muammolar, texnik va metodik cheklovlar aniqlanib, ularni bartaraf etish uchun elektron platformalar yaratish, metodik qo‘llanmalarni ishlab chiqish va treninglar tashkil etish zarurligi asoslab berilgan. Mazkur monitoring modeli kasb-hunar ta’limining sifatini oshirishda va ustoz–shogird munosabatlarini zamonaviylashtirishda samarali amaliy vosita sifatida qaralmoqda.










