XORIJIY TO`G`RIDAN-TO`G`RI INVESTITSIYALAR (XTI) VA BARQAROR TARAQQIYOT: MARKAZIY OSIYO YOSH OLIMLARI UCHUN YANGI IMKONIYATLAR
Keywords:
XTI, Markaziy Osiyo, barqaror taraqqiyotAbstract
Markaziy Osiyo davlatlari so‘nggi yillarda barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash va ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish yo‘lida sezilarli yutuqlarga erishmoqda. Bu jarayonda xorijiy to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalari (XTI) hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Mazkur maqolada XTI ning Markaziy Osiyoda ilmiy-tadqiqot va innovatsion rivojlanishga ta’siri tahlil qilinadi. O‘zbekistonda sun’iy intellekt markazi, Qozog‘istonda texnoparklar va Tojikistonda xalqaro ilmiy laboratoriyalar kabi real loyihalar misolida XTI ning yosh olimlar uchun yaratgan imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijalari XTI ning nafaqat iqtisodiy rivojlanish, balki ilmiy taraqqiyotga ham sezilarli ijobiy ta’sir ko‘rsatayotganini ko‘rsatdi. Shu bilan birga, XTI jalb qilish jarayonida duch kelinayotgan muammolar, jumladan, huquqiy tartibga solish murakkabligi, innovatsion infratuzilmaning yetishmovchiligi va ilmiy kadrlar tanqisligi muhokama qilinadi. Maqola davomida ushbu muammolarni bartaraf etish uchun investitsiya qonunchiligini takomillashtirish, ilmiy texnoparklar va xalqaro hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha tavsiyalar berilgan. Ushbu tadqiqot natijalari XTI ning Markaziy Osiyo yosh olimlari va ilmiy sektor rivojiga qo‘shayotgan hissasini chuqurroq tushunishga yordam beradi.










