KORPORATIV MOLIYA BOZORINI MODERNIZATSIYA QILISH: KORPORATIV BOSHQARUV VA RAQAMLI INFRATUZILMA
Keywords:
korporativ moliya, kapital bozori, korporativ boshqaruv, raqamli infratuzilma, elektron savdo tizimlari, blokcheyn, oshkoralik, ISIN, infratuzilma obligatsiyalari, yashil” obligatsiyalar, derivativlar, fyuchers, forvard, opsion, svop, kredit derivativlariAbstract
Maqolada O‘zbekistonda korporativ moliya bozorini modernizatsiya qilishning asosiy yo‘nalishlari - korporativ boshqaruvni xalqaro standartlarga uyg‘unlashtirish va raqamli infratuzilmani chuqurlashtirish - tizimli yoritiladi. 2022-2026 yillar strategiyasi doirasida kapital bozoridagi tartib-taomillar soddalashtirilgani, 2025 yilda elektron savdo tizimlari, raqamli platformalar va blokcheyn asosida bitimlar amaliyotining kengaygani natijasida oshkoralik va investorlar ishonchi mustahkamlangani ko‘rsatiladi. Infratuzilma va “yashil” obligatsiyalar joriy etilishi moliyalashtirish manbalarini diversifikatsiya qilgani, banklar, investitsiya kompaniyalari, sug‘urta va pensiya jamg‘armalari kabi institutsional investorlar ulushining ortishi esa bozor likvidligini kuchaytirgani tahlil qilinadi. Derivativlar (fyuchers, forvard, opsion, svop, kredit derivativlari) orqali xatarlarni boshqarish mexanizmlari zamonaviy matematik modellar bilan takomillashtirilgani, qimmatli qog‘ozlarga ISIN kodlari berilishi va xalqaro hamkorlikning kengayishi O‘zbekiston bozorining global integratsiyasini jadallashtirgani asoslab beriladi. Natijada, kapitalni samarali taqsimlash, sanoatni modernizatsiya qilish va texnologik yangilanishni tezlashtirish, shuningdek, gibrid modeldan ko‘proq integratsiyalashgan moliyaviy ekotizimga o‘tish tendensiyasi qayd etiladi.










