O‘ZINI ANGLASH, O‘ZINI BAHOLASH VA SHAXSIY DAVOGARLIK DARAJASI
Main Article Content
Abstract
Ijtimoiy munosabatlar tizimida odamlar bilan o‘zaro muloqotga kirishgandan so‘ng inson o‘zini atrofdagi muhitdan ajratadi, o‘zidagi jismoniy va ruhiy holatlar, harakatlar va jarayonlarning sub’ekti sifatida his etadi, shaxsan o‘zi uchun «boshqalar» qarshisida turgan, shu bilan birga, ularga bevosita bog‘liq bo‘lgan «Men» sifatida namoyon bo‘ladi. Shaxsan «Men» mavjudligining sub’ektiv kechinmasi, avvalambor, insonning hozirgi, o‘tgan zamon va kelajakda shaxsan o‘ziga nisbatan o‘zining o‘xshashligini tushunishi holatida ifodalanadi. Shunday qilib, o‘zini anglash yoki «Men-konsepsiyasi» – bu individning o‘zi haqidagi tasavvurlarning takrorlanmas tizimi sifatida kechiriladigan nisbatan barqaror u yoki bu darajada anglanganlikdir, uning asosida individ boshqa odamlar bilan o‘zaro aloqalarini o‘rnatadi va o‘ziga munosabat bildiradi. «Men-konsepsiyasi»– bir butun bo‘lsada, lekin ichki qarama-qarshiliklardan holi emas, o‘ziga nisbatan mayl sifatida namoyon bo‘ladigan va quyidagi tarkibiy qismlardan iborat shaxsiy Men obrazi bo‘lib hisoblanadi: kognitiv – o‘z sifatlari, layoqatlari, tashqi ko‘rinishi, ijtimoiy ahamiyatliligi va h.k.lar obrazi; emotsional – o‘zini hurmat, o‘zini yaxshi ko‘rish, o‘zini kamsitish va h.k.; baholash-irodaviy – o‘ziga berilgan bahoni ko‘tarishga, hurmatga sazovor bo‘lishga va h.k.ga intilish. «Men-konsepsiyasi» – ijtimoiy o‘zaro ta’sir sharti va oqibati ijtimoiy tajriba bilan aniqlanadi. Uning tarkibiy qismlari: real Men (o‘zini hozirgi hozirgi zamonda tasavvur etish), ideal Men (uning fikricha, ahloqiy qoidalarga rioya qilgan sub’ekt kim bo‘lishi), dinamik Men (sub’ekt qanday bo‘lishni xohlashi), xayoliy Men (imkoniyat bo‘lsa, sub’ekt qanday bo‘lib qolishni istashi) va boshqalar.