GERMANIYA IQTISODIYOTI
Keywords:
Germaniya iqtisodiyoti, sanoat rivojlanishi, iqtisodiy o‘sish, resurslardan foydalanish, cheklangan resurslar, ekologik muvozanat, yashil iqtisodiyot, innovatsion texnologiyalar, sanoat ishlab chiqarishi, energiya samaradorligiAbstract
Mazkur maqola Germaniya iqtisodiyotining hozirgi va kelajakdagi rivojlanish bosqichi, uning asosiy tarmoqlari hamda o‘sishga ta’sir etuvchi omillarni tahlil qilishga bag‘ishlangan. Unda Germaniyada resurslardan oqilona foydalanish, sanoat va innovatsion texnologiyalarning iqtisodiy jarayonlardagi o‘rni, shuningdek ekologik cheklovlarning iqtisodiyotga ta’siri masalalari yoritib berilgan. Cheklangan resurslardan samarali foydalanish orqali iqtisodiy raqobatbardoshlikni oshirish, aholi ehtiyojlarini qondirish va ekologik toza ishlab chiqarishni rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar tahlil qilingan. Maqolada Germaniya tajribasi asosida barqaror iqtisodiy rivojlanishni ta’minlashga oid xulosalar keltirilgan.










