MAISHIY ELEKTR TOVARLAR SAVDOSI BILAN SHUG‘ULLANUVCHI KORXONALARDA INVENTARIZATSIYA HISOBI VA UNI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI

Authors

  • G‘afforov Ilhomjon Ilyosjonovich TDIU SF “Buxgalteriya hisobi va statistika”kafedrasi assistenti
  • Narzullayev Nodirbek Aziz o’g’li TDIU SF “Buxgalteriya hisobi va statistika”kafedrasi assistenti
  • Mirzayev Behzod Abdug’ofur o’g’li TDIU SF “Buxgalteriya hisobi va statistika”kafedrasi assistenti

Keywords:

inventarizatsiya, maishiy elektr tovarlar, buxgalteriya hisobi, 4-sonli BHMS, 21-sonli BHMS, tovar-moddiy zaxiralari, kamomad, ortiqchalik, qayta navlash, moddiy javobgar shaxs, ichki nazorat

Abstract

Ushbu maqolada maishiy elektr tovarlar savdosi bilan shug‘ullanuvchi subyektlarda inventarizatsiya jarayonini tashkil etish, uning uslubiy asoslari hamda natijalarini buxgalteriya hisobida aks ettirish masalalari tadqiq etilgan. Maishiy elektr texnikalari savdosining o‘ziga xos xususiyatlari — mahsulotlarning yuqori tannarxga egaligi va seriya raqamlari bo‘yicha identifikasiya qilinishi nuqtai nazaridan xatlov jarayonidagi tafovutlarni rasmiylashtirish mexanizmlari tahlil qilingan. Tadqiqot doirasida tovar-moddiy zaxiralari bo‘yicha amaldagi me’yoriy hujjatlar asosida ortiqchalik, kamomad va qayta saralash holatlarini hisobga olish uslubiyoti tizimlashtirilgan hamda jarayonni raqamlashtirish bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Downloads

Published

2026-06-23