ISLOMIY IJTIMOIY MOLIYA EKOTIZIMINI RIVOJLANTIRISHDA KRAUDFANDING PLATFORMALARINING O‘RNI: KONSEPTUAL MODEL VA STRUKTURAVIY TAHLIL

Authors

  • Bektemirov Muhiddin Shomirza oʻgʻli Oʻzbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi, “Moliya” kafedrasi oʻqituvchisi Oʻzbekiston Xalqaro islomshunoslik akademiyasi, oʻqituvchisi

Keywords:

Islomiy ijtimoiy moliya, Zakot, Vaqf, Sadaqa, Kraudfanding, FinTex, Maqasid al-Shari’ah, Kafalah, Shaffoflik, Moliyaviy inklyuzivlik

Abstract

Ushbu tadqiqot an’anaviy kapitalistik iqtisodiy tizimning eng dolzarb muammolaridan biri bo‘lgan boylikning tengsiz taqsimlanishi va ijtimoiy qatlamlashuv jarayonlarini bartaraf etishda islomiy ijtimoiy moliya institutlarining o‘rnini o‘rganadi. Maqolada Zakot, Vaqf va Sadaqa kabi an’anaviy islomiy xayriya va ijtimoiy moliya vositalarining bugungi kundagi operatsion kamchiliklari, shaffoflik muammolari hamda aholi o‘rtasidagi moliyaviy savodxonlik darajasi tizimli tahlil qilingan. Sifatli adabiyotlar tahlili (qualitative library research) metodologiyasiga tayangan holda, islomiy ijtimoiy moliya institutlari ijtimoiy ta’sir va daromadlilik darajasiga ko‘ra uchta asosiy toifaga (Impact-oriented, Revenue-oriented, Profit-oriented) ajratildi. Tadqiqotning bosh ilmiy yangiligi sifatida murakkab va sekin ishlovchi byurokratik tizimlardan xoli bo‘lgan, FinTex (kraudfanding) platformasiga asoslangan 6 bosqichli yangi integratsiyalashgan ekotizim modeli taklif etilgan. Ushbu model Shariat prinsiplariga to‘liq mos keluvchi Kafalah (kafillik) tizimini joriy etish orqali garov ta’minotiga ega bo‘lmagan ehtiyojmand qatlam va kichik fermerlarning moliyaviy inklyuzivligini ta’minlash mexanizmlarini ochib beradi. Tadqiqot xulosasida taklif etilgan modelni kelgusida Blockchain va aqlli shartnomalar (Smart Contracts) orqali yanada avtomatlashtirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ilgari surilgan.

Downloads

Published

2026-07-04