JAMIYATDA KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISHDA FUQAROLIK JAMIYATI INSTITUTLARINING ROLI
Keywords:
korrupsiya, maishiy korrupsiya, tizimli yondashuv, o‘z o‘zi tashkil etish, ijtimoiy ong, an’analar, ijtimoiy institut, davlat, fuqorolik jamiyatAbstract
Mazkur maqolada korrupsiyaning ijtimoiy hodisa sifatidagi hususiyatlari, maishiy korrupsiyaning kelib chiqish omillari tahlil qilinadi. Korrupsiyaning tizimli xarakterga egaligiga diqqat qaratiladi. Maishiy korrupsiya jamiyat hayotida uncha havfli emas ko‘ringani bilan, ijtimoiy ongda korrupsiyaga moillikni keltirib chiqarish hususiyati bilan havfli ekanligi ko‘rsatib o‘tilada. Ijtimoiy ongda shakllangan korrupsiyani oddiy holat sifatida qabul qilinishi jamiyatda shakllangan korrupsiya tiziminining yillar davomida shakllangan tizim barqarorligini ta’minlovchi mexanizm vazifasini bajarishi asoslab berilgan. Korrupsiyanig tizimli xarakterga ega bo‘lishi ijtimoiy institut bo‘lgan davlatga alternativa bo‘lgan va davlatning o‘zining asosiy funksiyalaridan ortib ketmasligini ta’minlaydigan omillarning yo‘qligi bilan bog‘lab ko‘rsatilgan. Bundan korrupsiyaga qarshi kurashta boshqa mintaqalarning dasturlarining ko‘chirib olinib, tadbiq etilishi samara bermasligi, har bir mintaqa o‘zining o‘zigaxosliklaridan kelib chiqib o‘z strategiyasini ishlab chiqish lozimligini ta’kidlanadi. Mualliflar fuqorlik jamiyat institutlarining faolligining oshishi korrupsiyaga qarshi kurashta muhum omil ekanligidan kelib chiqib O‘zbekiston sharoitida fuqorolik jamiyati va davlat o‘rtasidagi munosabatlarni shakllantirish bo‘yicha tavsiyalarni taqdim etishadi.










