“QORAQALPOǴISTON RESPUBLIKASI SHAROITIDA TURAR-JOY BINOLARIDA ENERGIYA SAMARADORLIGINI OSHIRISHNING ZAMONAVIY USULLARI”
Keywords:
energiya samaradorligi, turar-joy binosi, energiya tejamkor bino, issiqlik izolyatsiyasi, energiya samarador oyna, sovitish yuklamasi, avtomatik boshqaruv, quyosh energiyasi, LED yoritish, Qoraqalpog‘iston RespublikasiAbstract
Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasi, xususan Qoraqalpog‘iston Respublikasi sharoitida turar-joy binolarining energiya samaradorligini oshirishning zamonaviy yo‘nalishlari tahlil qilingan. Tadqiqotda bino tashqi qobig‘ining issiqlik himoyasi, tashqi devor va tom konstruksiyalarini issiqlik izolyatsiyasi bilan ta’minlash, energiya samarador oyna konstruksiyalaridan foydalanish, yozgi quyosh radiatsiyasi ta’sirini kamaytirish, isitish va sovitish tizimlarini takomillashtirish, LED yoritish, avtomatik boshqaruv hamda quyosh fotoelektrik tizimlaridan foydalanish masalalari ko‘rib chiqilgan. O‘zbekiston sharoitida binolar sektorining yakuniy energiya iste’molidagi ulushi yuqori bo‘lib, turar-joy binolarida isitish energiya sarfining asosiy qismini tashkil etadi. Qoraqalpog‘iston Respublikasida esa keskin kontinental iqlim, yoz oylaridagi yuqori harorat va quyosh radiatsiyasi, qishki sovuq davrlar bino energiya samaradorligiga alohida talablar qo‘yadi va g'oyalarining bugungi kundagi ahamiyati va dolzarbligi ko'rib chiqiladi.










